Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Formula-1 pilotlari boshi qo‘shimcha vosita bilan himoyalanadi
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Formula-1 pilotlari boshining qo‘shimcha himoyasi — Halo’ni majburiy qilib belgilab qo‘ydi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytidagi xabarda ma'lum qilingan.
FIA’dagilarning qayd etishlaricha, qo‘shimcha himoya tizimi 2018 yilgi chempionat mashinalarida paydo bo‘ladi. Bu holatda, tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, Halo tizimining konstruksiyasi jamoalar tomonidan sinab ko‘rilgan variantlarga nisbatan qo‘shimcha ravishda kuchaytiriladi.
Boshni himoya qilishning Halo tizimi 2016 yilda mavsumoldi test poygalari mobaynida Ferrari jamoasi pilotlari Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettel tomonidan sinab ko‘rilgan edi. Konstruktsiya kokpit yonlari va pilotning oldidagi uch biriktiruv nuqtasiga ega yoy shakli ko‘rinishida bo‘ladi.
Italyan jamoasidan so‘ng Halo tizimini Formula-1’ning boshqa jamoalari ham sinovdan o‘tkazgan.
Shuningdek, «Qalqon» deb atalgan, pilot boshini himoyalovchi boshqa bir tizim ham ko‘rib chiqilgan. U kokpit oldiga o‘rnatiladigan shaffof qubba shaklida bo‘lgan. Bu tizimni yaqinda bo‘lib o‘tgan Britaniya gran-prisida Sebastyan Fettel sinab ko‘rgan. Poygachining so‘zlariga ko‘ra, «qalqon»li mashina bilan trassada yurib ko‘rgach, uning boshlari aylangan.
Mavzuga oid
20:43 / 26.05.2026
Ferrari birinchi elektromobilini taqdim etdi
22:01 / 09.12.2025
O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025