Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida zamonaviy mehmonxonalar quriladi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining asosiy turistik yo‘nalishlari bilan tanishdi.
O‘zA bergan xabarga ko‘ra, prezidentga viloyatning sayyohlik salohiyati imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo‘yicha rejalar, 2017—2018 yillarda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkich prognoz parametrlari taqdim qilingan.
«Viloyatda Chimyon oromgohi, Chorvoq suv ombori, Ixnoj, Urungach, Shovur, Bodak ko‘llari bor. Viloyatda 45 ta mehmonxona bo‘lib, o‘tgan yili 100 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgan. 4 ta turoperator, 4 ta tabiiy ko‘l, 71 ta sanatoriy, bitta qo‘riqxona, 5 ta o‘rmon xo‘jaligi mavjud», deya ma'lumot berilgan xabarda.
Chimyon oromgohida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun 500 o‘rinli zamonaviy mehmonxona majmuasi loyihasining taqdimoti o‘tkazilgan. Mazkur hududda zamonaviy osma yo‘l qurish loyihasiga ham e'tibor qaratilgan. Uzunligi 2 kilometr bo‘lgan, 26 kabinadan iborat osma yo‘lni 10 oyda qurish mo‘ljallangan.
Prezident Bo‘stonliq tumani, «Xo‘jakent» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida quriladigan «Qo‘sh-Chinor» mehmonxona majmuasi loyihasini ham ko‘zdan kechirgan. Majmuadan 130 o‘rinli mehmonxona, 60 o‘rinli restoran, sog‘lomlashtirish markazi va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
09:18 / 21.03.2026
21 martdan Chimyon va Amirsoyga yangi mikroavtobuslar qatnaydi
09:01 / 30.01.2026
Bo‘stonliqning Chimyon hududida qor ko‘chkisi kuzatildi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025