Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi 2017 yilning 3 noyabr kuni O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Minskda MDH vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilish yakunida ma'lum qilingan.
MDH Hukumat rahbarlari kengashi hukumatlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorligini muvofiqlashtiradi. MDH Hukumat rahbarlari yig‘ilishi yiliga ikki marta o‘tkaziladi, navbatdagi yig‘ilish a'zo davlatlardan biri tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Oxirgi yig‘ilish shu yil mayida Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida shu yil 7 aprelida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tgandi.
Majlisga Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov raislik qilgandi.
Delegatsiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining turli yo‘nalishlaridagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy masalalarni hal etishdagi uning roli va ahamiyatini oshirishni muhokama etishgandi.
Tadbirda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda MDH davlatlarining barqaror rivojlanishini ta'minlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
19:42 / 23.06.2025
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi
08:30 / 14.12.2023
«Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz arab davlatlari» vazirlar yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
09:02 / 04.11.2022