Jahon | 20:03 / 21.07.2017
5639
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida 100 inson halok bo‘ldi

Venesuelada aprel oyidan beri hukumatga qarshi bo‘lib o‘tayotgan namoyishlarda halok bo‘lganlarning umumiy soni 100 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy prokuraturaga asosan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ommaviy norozilik namoyishlarining so‘nggi qurboniga 15 yoshli o‘smir aylangan. Uning hayotdan ko‘z yumishiga nima sabab bo‘lgani xabar qilinmayapti.

Venesuelada aprel oyi boshlaridan beri ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu oliy sudning muxolif Milliy assambleya vakolatlarini jiddiy cheklash bo‘yicha qaroridan so‘ng yuz berdi. Qaror bekor qilindi, biroq muxolifat vakillari sud a'zolari iste'fosi va navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni talab qilib ko‘chalarga chiqishdi. Endilikda ular ta'sis yig‘ilishini chaqirishga ham qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, bu konstitutsiyani o‘zgartirishga harakatdir.

Avvalroq Kolumbiya rahbari Venesuelaga maxsus bayonot bilan chiqqani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid