Jahon | 08:24 / 22.07.2017
3887
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Livan bosh vaziri bilan uchrashib, qochqinlar muammosini muhokama qiladi 

AQSh prezidenti Donald Tramp 25 iyul kuni Vashingtonda Livan bosh vaziri Saad Xaririy bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi.

«Prezident Livan bosh vaziri Saad Xaririyni 25 iyul kuni Oq uyda qabul qiladi. Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik, terrorizm bilan kurash va qochqinlar muammosini muhokama qilishadi», - deyiladi xabarda.

Oq uydan qo‘shimcha qilishlaricha, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad - davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid