Sport | 12:40 / 27.08.2017
7750
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada mavsumning ilk iste'fosi haqida gapira boshlashdi

Foto: Vest Hem

Londonning «Vest Hem» klubi rahbariyati APLning 3-turida «Nyukasl»ga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin bosh murabbiy Slaven Bilichni iste'foga chiqarishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Londonliklar klubi dastlabki 3 o‘yinda 3 mag‘lubiyat bilan turnir jadvalida oxirgi pog‘onada qolmoqda. «Manchester Yunayted» (0:4), «Sauthempton» (2:3) va «Nyukasl» (0:3) jamoalariga qarshi o‘yinlarda atigi ikkita gol urilib, 10ta gol o‘tkazildi.

Sky Sports xabariga ko‘ra esa rahbariyat hozircha yakuniy qarorga kelmagan.

Manbaga ko‘ra, «Vest Hem» rahbariyati Bilich o‘rniga «Nyukasl» bosh murabbiyi Rafael Benitesni tayinlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bilich 2015 yil yozida «Vest Hem» bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid