Sport | 13:30 / 27.08.2017
44136
1 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedov MakGregorni jangga chorladi

Foto: sports.ru

Rossiyalik aralash kurashlar jangchisi Xabib Nurmagomedov UFC chempioni Konor MakGregorni jangga chaqirdi.

«30 dekabr. UFC 219. Las-Vegas. Kel buni amalga oshiramiz. Nega endi bunday bo‘lmasligi kerak.

Menimcha, dekabr – bu jangni o‘tkazish uchun eng yaxshi vaqt, uning o‘zi Meyvezerga qarshi jangdan keyin shunday bo‘lishini istagandi», – deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi akkaunti orqali.

Bugun irlandiyalik sportchi boks qoidalariga asosan o‘tkazilgan jangda Floyd Meyvezerga o‘ninchi raundda texnik nokaut bilan yutqazdi.

U o‘tgan oyda shu yilning dekabrida Rossiyaga borib, Xabib bilan jang qilish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid