Jahon | 14:14 / 12.09.2017
5097
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada bir nechta harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda

Foto: TASS

Ukraina qurolli kuchlarining deyarli barcha harbiy-havo qismlari harbiy shaylik holatiga keltirildi, deb xabar qilmoqda Ukraina QK Bosh shtabi matbuot xizmati. 

"Belgilangan topshiriqlarni bajarishga doir harbiy shaylikni aniqlash masalasiga oydinlik kiritish maqsadida Ukraina QK havo kuchlarining barcha jangovar harbiy qismlari harbiy shaylikka keltirildi", - deyiladi xabarda. 

Hozirda Ukrainada qator harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda. Avvalroq, mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati Ukraina QKning "Yengib bo‘lmas barqarorlik - 2017" qo‘mondonlik o‘quv mashqlari boshlangani haqida xabar qilgan edi. 

"15 sentabrgacha qo‘shinlar va operativ zaxiralarni jalb qilgan holda qator o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ularning asosiysi "Yengib bo‘lmas barqarorlik - 2017" bo‘ladi", - deyiladi xabarda. 

11 sentabrda Lvov viloyatida "Rapid Trident-2017" mashg‘ulotlariga start berilgandi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid