Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika EIZlarga suv, gaz va elektr tortib kelinadi
Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 691-son qarori bilan 2017—2019 yillarda «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» EIZ hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi ma'qullandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjat avtomobil yo‘llari, suv ta'minoti, kanalizatsiya va irrigatsiya tizimlari, elektr, gaz ta'minoti va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va ta'mirlashni ko‘zda tutadi. Hammasi bo‘lib dasturga umumiy moliyalashtirish miqdori 29 mlrd. so‘mdan ortiq 69 ta loyiha kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, ilgari shu mazmundagi hujjat “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZga nisbatan qabul qilingan edi.
Qaror bilan vakolatli organlarga tegishli topshiriqlar berilgan hamda qator tashkiliy masalalar tartibga solingan.
Mavzuga oid
11:24 / 11.05.2026
“Kelajakni kvant kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin” – MIT’ni maqsad qilgan farg‘onalik o‘quvchi
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
18:01 / 05.03.2026