O‘zbekiston | 18:44 / 19.09.2017
8142
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkentda ICTWEEK – 2017 ko‘rgazmasi ish boshladi

19 sentabr kuni «O‘zekspomarkaz»da ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi doirasida ilk rasmiy tadbir ICT Summit 2017 anjumani tashkil etildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov sammitni ochib berdi. 

Anjuman davomida Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasining bosh direktori Van Pen, Jahon bankining Raqobat strategiyasi bo‘yicha maslahatchisi Sudan Randip, Huawei Technologies Co. kompaniyasining texnik direktori Pol Maykl Skanlan, IBM mijozlar texnologiyalari markazi xodimi Stanislav Kladov va boshqa kompaniyalarning vakillari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda sohadagi erishilgan tajriba haqida o‘rtoqlashishdi.

Sammitdan so‘ng soat 14:00da ICTEXPO-2017 ko‘rgazmasi ochildi. «KUN.UZ» muxbirining ushbu haftalikning birinchi kunidan tayyorlagan fotoreportajini tomosha qiling. 

Ko‘rgazma 19-21 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Batafsil ma'lumotlarni ictweek.uz saytidan olish mumkin.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid