Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy mutaxassislar talabalar uchun onlayn mahorat darslari o‘tkazadi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentabrdagi 697-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-ma'rifiy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma'qullandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatda Markazning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, Markaz yoshlarning ilmiy-tadqiqot olib borishi uchun ilmiy munozara-klublar shakllantirish, yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish, ommalashtirish va tijoratlashtirish jarayonlarida ko‘maklashish, mahalliy va xorijiy yetuk mutaxassislar ishtirokida masofaviy onlayn mahorat darslari o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Belgilanishicha, Markaz xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.
Markaz qurilishi uchun Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududidagi Universitet ko‘chasi bo‘yidan 3 gektar yer maydoni ajratiladi. Qurilish va jihozlash ishlari 2018 yil 1 sentabrgacha tugallanishi lozim.
Markaz faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha oliy ta'lim muassasalari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari Kengashi tashkil etiladi.
Hujjat 2017 yil 11 sentabrda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
12:00 / 26.11.2025
Yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilarga dars berganlik uchun yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
13:11 / 08.01.2023
Maktablarda dars soatlarining maksimal darajasi belgilandi
20:37 / 02.01.2023