Jahon | 10:50 / 22.09.2017
12679
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Trampning Kim Chen Inga nisbatan "noodatiy ta'rif"larini izohladi

Foto: RIA «Novosti»

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inga nisbatanso‘z yuritganda me'yoriy diplomatik iboralardan chetlashmoqda. Bu bilan Tramp "unga ta'sir qilish"ga va AQShning qat'iyatini namoyish etishga urinmoqda. Oq uy ma'muriyatining ikki nafar yuqori lavozimli mulozimi jurnalistlarga shunday fikrlarni bildirgan. Suhbat matnini Oq uy sayti keltirmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti. 

Avvalroq, Donald Tramp BMT minbarida qilgan nutqida Kim Chen Inni "o‘z joniga suiqasd qilayotgan raketa-inson" deb atagan edi. Bunga javoban Kim Chen In Tramp so‘zlari va axloqi "ahmoqona" ekani, amerikaliklar yetakchisining o‘zi esa — "olov bilan o‘ynashayotgan bezori va gangster" deya tahqirlagandi.
 
"Mening o‘ylashimcha, prezidentning bu boradagi so‘zlari mohiyatni yetkazishga urinishdir... Prezident haqiqatdan ham bu bolaga biz jiddiy gapirayotganimizni tushuntirmoqchi", — degan mulozimlardan biri. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid