Sport | 21:21 / 01.10.2017
13269
2 daqiqa o‘qiladi

La-Liga. "Barselona" bo‘sh stadionda bo‘sh kelmadi

Foto: Squawka News

Ispaniya chempionatining 7-turida "Barselona" o‘z maydonida "Las-Palmas"ni qabul qildi. O‘yin 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Hisob ikkinchi bo‘limning 4-daqiqasida Buskets tomonidan ochildi. 70- va 77-daqiqalarda Messi gol urib, yakuniy hisobning yirik bo‘lishini ta'minladi. 

7-turdan so‘ng "Barselona" 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Sevilya" hisobida 16 ochko bor. 

Barselona – Las-Palmas 3:0
Gollar:
 1:0 – 49 Buskets, 2:0 – 70 Messi, 3:0 – 77 Messi.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Alba, Aleish Vidal (Inesta, 46; Andre Gomesh, 84), Buskets, Serdji Roberto, Paulino (Rakitich, 46), Denis Suares, Messi, Suares.
Las-Palmas –  Chichisola, Ximo Navarro, Borxa Errera, Masedo, Lemos, Viyera, Santana (Gomes, 78), Dominges (Toledo, 78), Akvilani, Tannane, Kaleri.
Ogohlantirishlar: Paulino (33), Pike (35), Alba (45), Buskets (45), Suares (51), Ximo Navarro (59).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid