Jahon | 21:21 / 10.10.2017
7499
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘z aql salohiyatini Tillersonning IQ'si bilan taqqoslashni taklif qildi

Foto:EPA-EFE/SHAWN THEW

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z IQ'sini davlat kotibi Reks Tillerson intellektidan yuqori deb hisoblaydi. 

"O‘ylashimcha, bu feyk yangilik", - deya izohlaydi Tramp Forbes jurnaliga bergan intervyusida. Gap shundaki, NBC News telekanali Tillerson AQSh prezidentini "ahmoq" deb atagani haqida xabar tarqatgan. 

"Biroq agar u haqiqatda shunday degan bo‘lsa, fikrimcha, IQ darajamizni taqqoslash kerak bo‘ladi. Kim yutib chiqishini oldindan aytishim ham mumkin", - dedi prezident aynan o‘zi g‘olib bo‘lishiga ishora qilgan holda. 

O‘tgan hafta telekanal Reks Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimini tark etmoqchi ekani haqida xabar bergandi. Keyinroq esa Tramp va Tillerson bu xabarni inkor qilishgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid