Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. "Barselona" 2-daqiqada kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 9-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
"Barselona" o‘z maydonida musobaqa autsayderi "Malaga"ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. 2-daqiqada Deulofeu tezkor gol kiritgan bo‘lsa, 56-daqiqada Inesta jamoa g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shu tariqa, "Barselona" 9-turdan so‘ng, 25 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Turning yana bir muhim o‘yinida "Valensiya" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qilib, 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
43-daqiqada Gonsalu Gedesh hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada Dzadza oradagi farqni 2taga yetkazdi. O‘yin asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Santi Mina hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. So‘nggi daqiqalarda Gonsalu Gedesh dubl qayd etib, jamoasining 4-golini kiritdi.
Barselona – Malaga 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Deulofeu, 2:0 – 56 Inesta.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Din, Umtiti, Rakitich, Serdji Roberto, Buskets (Paulino, 76), Inesta, Deulofeu (Nelson Semedu, 72), Suares (Pako Alkaser, 83), Messi.
Malaga – Andres Priyeto, Bess, Xuankar, Rosales, Ernandes, Keko, Chori Kastro, Rolon (Chekkini, 68), Gonsales, Penyaranda (Baston, 72), Rolan (Anor, 46).
Ogohlantirishlar: Rosales (21), Ernandes (26), Gonsales (39), Umtiti (74), Chekkini (82).
Valensiya – Sevilya 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 43 Gonsalu Gedesh, 2:0 – 51 Dzadza, 3:0 – 85 Santi Mina, 4:0 – 90 Gonsalu Gedesh.
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Montoyya, Murilo, Soler (Toni Lato, 90), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh, Dzadza (Santi Mina, 70), Rodrigo (Pereyra, 82).
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado, Langle (Korshya, 30), Banega, Pisarro (Kron-Deli, 76), Vaskes, Navas, Nolito (Sarabiya, 68), Muriel.
Ogohlantirishlar: Nolito (9), Langle (14), Pisarro (27), Korshya (37), Dzadza (60), Parexo (88).
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026