Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston tashqi qarzi Rog‘un GES tufayli yanada ortadi - Moody’s
Moody’s xalqaro reyting agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017-2018 yillarda Tojikistonning tashqi qarzi deyarli ikki baravarga oshib, mamlakat YaIMning 55 foizini tashkil etadi.
Moody’s Tojikiston qarzi Rog‘un GESi qurilishini tugatish uchun olingan mablag‘lar tufayli ko‘payishini taxmin qilmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, tashqi qarz beruvchilarga mablag‘larni qaytarish Tojikiston iqtisodiyotiga og‘ir yuk bo‘lib tushadi.
22 oktabrda nashr etilgan reyting agentligi hisobotida jahon mamlakatlari iqtisodiyotining salohiyati baholanadi. Unga ko‘ra, Tojikiston tashqi qarzning asosiy qismini xorijiy valyutada olgan, ammo somoniy milliy valyutasi bilan kurs farqi tufayli qarzni foizlar bilan to‘lash juda qiyin bo‘ladi.
Biroq mamlakat Moliya vazirligi Moody's’ning bunday prognozlariga qo‘shilmayapti hamda mamlakatning tashqi qarzi ancha past ekani, YaIMning 32%ni tashkil qilishi haqida ma'lum qilmoqda. Tojikistonning tashqi qarzi joriy yil boshida 2 milliard 274 million dollarni tashkil etdi, deya xabar berishgan vazirlikdan.
Moliya vazirligi, shuningdek, tegishli hisob-kitobni ham amalga oshirgan: agar mamlakatning umumiy qarzi Tojikistonning har bir fuqarosiga bo‘lib yuborilsa, har bir fuqaro 260 AQSh dollari qarzdorlikka ega bo‘ladi. Moody's prognozlari haqiqatga aylanadigan bo‘lsa, aholi jon boshiga qarz 500 dollargacha oshadi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024