Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston uran qazib olishni qisqartiradi
"Kazatomprom" AJ uran qazib olish hajmini 20 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
Xabarga ko‘ra, qazib olish hajmining pasayishiga asosiy sabab – bozorda uranning ko‘payib ketgani. Kompaniyadan ta'kidlashlaricha, qisqartirish 2018 yilning yanvaridan boshlab, uch yil davomida amal qiladi. Kutilishicha, qazib olish darajasi 2018 yilda to‘rt ming tonnaga kamaytiriladi. Bu «UxC» tomonidan kelasi yil uchun berilgan prognozda jahondagi uran qazib olish hajmidan yetti foizni tashkil etadi. Qozog‘iston kompaniyasi jahon bozorining 37 foizdan ortiq qismini egallaydi. "Kazatomprom" qazib olish hajmini uch yil ichida qisqartirish davomida 11 ming tonna uranni "qazib olmaslikni" rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, qabul qilingan qaror Qozog‘istondagi uran konlari "umrini" uzaytiradi. Kompaniya rahbariyatining fikricha, bu omil toza, uglerodlardan xoli elektr energiyasi ishlab chiqarishda muhim element sanaladi.
Shu bilan birga kompaniyadan ta'kidlashlaricha, qabul qilingan qaror uran yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Mavzuga oid
08:16 / 03.06.2026
Yadroviy energetikaga talab oshmoqda: uran bozori qayta jonlandi
17:43 / 31.05.2026
Qozog‘iston Eronning uran zaxiralarini qabul qilishni taklif qildi
17:40 / 21.05.2026
OAV: Eron oliy rahbari boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketishni taqiqladi
10:19 / 09.05.2026