Jahon | 18:34 / 06.12.2017
6477
2 daqiqa o‘qiladi

Milliarder endi bosh vazir. Chexiyada jiddiy o‘zgarish yuz berdi

Foto: Reuters

Chexiya prezidenti Milosh Zeman NFA («Norozi fuqarolar aksiyasi») markaziy siyosiy harakati yetakchisi, milliarder Andrey Babishni respublika bosh vaziri etib tayinladi. Tantanali marosim Pragada chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

"NFA Chexiya parlamentining Deputatlar palatasiga (quyi palata) saylovlarda, boshqa siyosiy partiyalarni katta farq bilan ortda qoldirib g‘alaba qozondi (20 va 21 oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi – tahr.) hamda saylovchilarning qariyb 30 foizi ovozini oldi", - deya ta'kidlagan Milosh Zeman. Harakat oliy qonunchilik organining quyi palatasidagi 200 deputatlik mandatidan 78 tasiga egalik qiladi.

Andrey Babish, Milosh Zemanning fikricha, "muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lib, Chexiyada soliqlar to‘laydi hamda muvaffaqiyatli siyosiy harakatni yaratishga erishdi". Uning, shuningdek, ta'kidlashicha, yaqin vaqtga qadar sotsial-demokrat Boguslav Sobotkinning iste'foga chiqqan hukumatida moliya vaziri lavozimini egallagan siyosatchi o‘z kuchi bilan shunday muvaffaqiyatlarga erishgan.

"U moliya vazirlari orasida birinchi bo‘lib, byudjyetning daromad bandlari xarajatlardan yuqori bo‘lishini ta'minlay oldi", - deydi prezident.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid