Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Inni yo‘q qilish uchun otryad tuziladi
Janubiy Koreya KXDR yetakchisi Kim Chen Inni yo‘q qilish uchun maxsus otryad tuzadi. Bu haqda«Kommersant'» nashrida yozilgan.
Janubiy Koreya rahbariyati 2018 yilgi mamlakat mudofaa byudjyetiga Kim Chen Inni o‘ldirish xarajatlarini ham rasman kiritgan. 340 million von (310 ming dollar) miqdoridagi mablag‘ Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan ming kishilik otryadni tayyorlash va qurol bilan ta'minlashga yo‘naltiriladi.
Gazetada yozilishicha, bunday otryad Amerikaning 2011 yilda xalqaro terrorchi Usama bin Lodinni yo‘q qilgan SEAL Team Six otryadi dasturi bo‘yicha shug‘ullanadi. Maxsus topshiriqli jangchilar o‘zini-o‘zi yo‘q qiladigan dronlar, razvedka dronlari va stanokli granatomyotlar bilan ta'minlanadi. Shuningdek, Ch-47 Chinook rusumli Amerika transport vertolyoti Shimoliy Koreya hududiga sezdirmasdan kirishi uchun modernizatsiya qilinadi va takomillashtiriladi.
Janubiy koreyalik amaldorlar keyinroq otryad uchun xarajatlarni ko‘paytirib, unga 26 milliard von (24 million dollar) sarflashni rejalashtirishgan.
Bundan oldinroq Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlariga izoh berib, KXDR urushga tayyorlanishi kerakligi, yarim orolda urush kelib chiqishidan qochib qutulib bo‘lmasligini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026