Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov rossiyalik sportchilar yuzasidan XOQ prezidentiga xat yo‘lladi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Baxga rossiyalik sportchilarning qishki Olimpiadada g‘alabalari sharafiga Rossiya bayrog‘ini ko‘tarish va madhiyasini ijro etishga ruxsat berish chaqirig‘i bilan ochiq maktub yo‘lladi.
“Olimpiya xartiyasi ta'kidlaganidek, tahqirlashning istalgan shakli Olimpiya harakati tamoyillariga to‘g‘ri kelmasa-da, XOQning qarori rossiyalik “toza” sportchilarni boshqa davlatlar sportchilariga nisbatan teng bo‘lmagan sharoitlarga qo‘ymoqda”, deb o‘z maktubini boshlagan Usmonov.
“Rossiyalik sportchilar Olimpiya o‘yinlari saralash bosqichining barcha azob-uqubatlaridan o‘tib: a) o‘z taqdirlari bo‘yicha XOQ maxsus komissiyasining qarorini oylab kutishga majburlar; b) milliy Olimpiya qo‘mitalari tashkillashtiradigan ko‘makdan va eng asosiysi, v) o‘z vatanlari bayrog‘i va madhiyasini eshitish huquqidan mahrum bo‘ladilar”, deb qo‘shimcha qilgan Usmonov.
Usmonov, shuningdek, XOQga Rim huquqining “Nulla poena sine lege” – "Ayb yo‘q, jazo yo‘q” tamoyilini eslatib o‘tdi. “Aybsizlarni jazolash va tiz cho‘ktirish mumkin emas. Bu inson va sportchining sha'nini kamsitadi, qonun va adolatga ishonchiga putur yetkazadi. Sportchilar sportdagi qisqa umrlarini bir qisqa lahza – o‘z davlatlari bayrog‘ini osmonda ko‘rish va vatanlari madhiyasini eshitish uchun yashaydilar. Bu ular shon-shuhratining cho‘qqisi, Everestidir”, deb davom ettirgan so‘zlarini Usmonov.
“Men XOQ ijroiya qo‘mitasi a'zolarini sport Femidasi tarozisiga bir tomondan aybdorlarni jazolash istagini, boshqa tomondan rossiyalik “toza” sportchilar huquqlari va orzulari, Olimpiya oilasi a'zolari sifatida teng huquqli ekanliklarini qo‘yib ko‘rishga chaqiraman. Keling, 2018 yilgi Olimpiadada g‘olib bo‘ladigan rossiyalik sportchilarga ularning sportdagi orzulari cho‘qqisiga erishish va Pyongchang osmonida vatanlari bayrog‘ini ko‘rish imkonini beraylik”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Usmonov.
5 dekabrda XOQ doping mojarosi sababli Rossiya terma jamoasini 2018 yilgi qishqi Olimpiadadan chetlashtirdi. O‘zlarining dopingga aloqalari yo‘qligini isbotlay oladigan rossiyalik sportchilarga Olimpiadada neytral bayroq ostida ishtirok etishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
23:00 / 22.02.2026