Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi yong‘inlar sababli 200 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi
AQShning Kaliforniya shtatida kuzatilayotgan yirik tabiiy yong‘inlar tufayli 200 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Eng yirik yong‘in o‘chog‘i Ventura okrugida kuzatilib, bu yerda gubernator Jyerri Braun tomondan favqulodda vaziyat tartibi kiritildi. U yerda 380 ming kvadrat kilometrlik maydon yong‘in ichida qolgan. Yong‘in tufayli 150 ta uyga zarar yetgan, u yana bir necha ming inshootlarga xavf solmoqda. Yong‘inga qarshi 2,5 ming o‘t o‘chiruvchi kurashmoqda.
Yana bir yong‘in qo‘shni Los-Anjyeles okrugida davom etmoqda. Bu yerda yong‘in 50 kvadrat kilometr maydonni egallab olgan. Okrugda keyingi hafta boshigacha 250 dan ortiq maktab va ta'lim muassasasi yopiq bo‘ladi.
Shuningdek, yana bir yong‘in o‘chog‘i Los-Anjyeles shahrida paydo bo‘lgan. Shahar meri Erik Garsettining aytishicha, yong‘inning 20 foizini o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. 15 mingdan ko‘proq uy elektr energiyasiz qolgan. Vaziyat tezligi 33 m/soniyagacha yetayotgan kuchli shamol sababli yanada murakkablashmoqda. AQSh milliy meteorologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, shamol kamida shanbagacha saqlanib qoladi.
Yong‘in 4 dekabrda boshlanib, Tinch okeani bo‘yidagi Ventura va Los-Anjyeles shaharlari tomon tarqala boshlagan.