Sport | 12:20 / 08.12.2017
21414
2 daqiqa o‘qiladi

«Messi bilan kurash davom etadi»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida 5-marta «Oltin to‘p»ni olib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Barselona» to‘purari Lionel Messi bilan tenglashib olgan edi.

Parijda sovrinni qabul qilib olgan futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtqolashdi.

«Juda ham baxtiyorman. Parijda bu sovrinni qabul qilib olish - men uchun juda ajoyib va katta voqea. Uni har yili qo‘lga kiritishni istayman. Men Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldim va jamoadoshlarimga minnatdorchilik izhor qilmoqchiman. Bundan tashqari, mavsum davomida ajoyib formada bo‘lishimga ko‘maklashgan odamlarga ham rahmat aytaman.

Umid qilamanki, yana bir necha yillar davomida yuqori saviyada o‘ynayman. Messi bilan kurash davom etadi. Biz jamoalarimiz uchun bor kuchimizni ayamaymiz. 

O‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz. «Real»da baxtiyorman va faoliyatimni shu yerda yakunlamoqchiman» - dedi Ronaldu.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid