Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Irlandiya Yagona bozor va Bojxona Ittifoqini tark etadi
Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniyaning boshqa qismidan dengiz chegarasi orqali ajralmaydi va YeIning Yagona bozori va Bojxona ittifoqini tark etadi. Shimoliy Irlandiya Yunonistlar partiyasi yetakchisi Arlin Foster Brexit bo‘yicha kelishuv matnida shu haqda band borligini ma'lum qildi.
"Biz bunday o‘zgarishlarni ko‘rishdan xursandmiz. Chunki Irlandiya dengizida hech qanday chegaralar bo‘lmaydi. Birlashgan Qirollik YeIni aniq tark etishini tasdiqlovchi dalillar bor. Jumladan Yagona bozor va Bojxona ittifoqini ham", - degan Foster Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
"Albatta biz oydinlik kiritishni xohlagan masalalar bor, ammo bizning vaqtimiz qolmadi, - degan Foster. – Bizningcha, ortga qaytib ularni muhokama qilgan maqsadga muvofiq edi". Ammo B.Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o‘z navbatida, yevropalik diplomat Bryussel va London Brexit bo‘yicha 7 oylik muzokaralardan so‘ng hal qiluvchi kelishuvga erishganini bildirdi.
Bugungi kungacha, Brexit bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi tugashiga Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Irlandiya va YeI a'zosi bo‘lgan Irlandiya respublikasi bilan chegaralar masalasi to‘siq bo‘lib turgan edi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
08:49 / 21.05.2026