Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya uzoqqa uchadigan raketalarni xarid qiladi
Yaponiya hukumati milliy xavfsizlik bilan vaziyat "tobora jiddiylashayotgani"ga munosib javob berish maqsadida uzoq masofaga uchadigan raketalarni xarid qiladi. Mamlakat mudofaa vaziri Itsunori Onodera shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
"Biz millatimiz va o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarimizni zarur bo‘lgan vaqtda munosib tarzda muhofaza qilish uchun raketalarga qarshi raketalardan foydalanamiz", Onodera.
Yaponiya mudofaa vazirligi rasmiysining CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, Yaponiya 2 turdagi – uzoq masofaga uchadigan kemalarga qarshi raketalar va raketalarga qarshi havodan zarba beruvchi raketalarni xarid qiladi. Bu qurollar Lockheed Martin kompaniyasidan xarid qilinadi va F-15 qiruvchi samolyotlariga o‘rnatiladi.
Ibundan tashqari, Norvegiyaning Kongsberg kompaniyasidan yangi F-35 ko‘rinmas harbiy samolyotlariga o‘rnatish uchun raketalar xarid qiladi.
Shu munosabat bilan Yaponiya hukumati mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida kelgusi yil byudjyetiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratishni so‘raydi.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
08:55 / 23.05.2026