Jahon | 11:40 / 09.12.2017
20336
1 daqiqa o‘qiladi

«Kim Chen In tog‘ning tepasida hayajonli kunlarni esladi» - OAV 

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreyada qadimiy davrlardan beri muqaddas deb hisoblanib kelinuvchi Pektusan tog‘iga ko‘tarildi va «hayajonli kunlarni yodga oldi». Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda, deb yozadi RIA «Novosti».

«KXDR yetakchisi o‘sha hayajonli kunlarni esladi, o‘shanda u milliy yadroviy kuchlarni shakllantirishni yakunlash kabi buyuk tarixiy ishni mustahkam iroda bilan amalga oshirdi», - deya xabar bergan agentlik.

Shuningdek Kim Chen In tog‘ni obodonlashtirish va sayyohlar uchun mehmonxona qurish haqida topshiriq berdi.

Ta'kidlanishicha, KXDRda ayni damda Pektusan tog‘i Shimoliy Koreya sobiq yetakchisi Kim Chen Ir (Kim Chen Inning otasi – tah.) tavallud topgan joy sifatida qadrlanadi. Aslida esa u Xabarovsk o‘lkasida dunyoga kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid