Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Tramp boshchiligidagi AQShni natsistlar Germaniyasiga qiyosladi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Chikagoda iqtisodiyot klubidagi nutqida amaldagi prezident Donald Tramp yurgazayotgan tashqi siyosatni tanqid qildi va uni 1930-yillardagi natsistlar Germaniyasi siyosatiga qiyosladi. Bu haqda Crain`s Chicago Business nashri xabar bermoqda.
Obamaning aytishicha, Trampning “o‘ziga ishonib yuborishi” va “Amerika hammasidan ustuvor” degan tamoyili mamlakat uchun xavf tug‘diradi. Obama hozirgi AQShni rivojlangan demokratiyaga ega davlat bo‘lgan Veymar Germaniyasi bilan qiyosladi. Obamaning aytishicha, bu holat natsional-sotsialistlarga hukumatni egallashiga xalaqit qilmagan.
“60 mln kishi halok bo‘lgan... Shu sababli e'tiborliroq bo‘lishingiz va ovoz berishingiz kerak”, deb aytgan Obama. Ta'kidlanishicha, Obama Trampni aynan Gitlerga o‘xshatmagan, biroq natsist Germaniyasi va hozirda millatchilik kayfiyatlari o‘sishi kuzatilayotgan AQShni bir-biriga o‘xshatgan.
Veymar respublikasi Germaniyaning 1913-1933 yillardagi norasmiy nomidir.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
10:10
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
09:45
Sud Trampning viza siyosatiga qarshi qaror chiqardi
09:13