Jahon | 09:33 / 09.12.2017
19240
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma'qulladi

Foto: Theguardian

AQSh prezidenti Donald Tramp go‘yoki Rossiya o‘rta va yaqin masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvini buzgani uchun unga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma'qulladi. Bu haqda AQSh ma'muriyati vakiliga iqtibos keltirgan holda Politico nashri xabar berdi.

“AQSh ma'muriyati sovuq urush zamonlaridagi yadroviy qurollar bo‘yicha kelishuvga rioya qilishga majbur qilish umidida, taqiqlangan qanotli raketa uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llaydi”, deb aytgan amerikalik mansabdor shaxs. 

Ma'lum qilinishicha, AQSh moliya vazirligi kelishuvda taqiqlangan yangi qurolni ishlab chiqishda yordam bergan Rossiya kompaniyalarini jazolaydi.

AQSh hukumati Rossiyani “Iskander-M” raketasini uchirgandan keyin kelishuvni buzishda ayblay boshlagan. Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Viktor Bondarev ushbu raketa “ichki foydalanish uchun” mo‘ljallanganini, chunki uning uchish uzoqligi 400 km dan oshmasligini ma'lum qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid