Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampning so‘zlarini rad etib chiqdi
Pekin BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalari ostida bo‘lgan Shimoliy Koreyaga neft va neft mahsulotlari yetkazib berayotganini rad etib chiqdi. Bu haqda Reuters Xitoy TIVga tayangan holda xabar bermoqda.
Kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Pekin tomonidan KXDRga neft importi qo‘llab-quvvatlanayotganidan afsusda ekanini ma'lum qilgandi.
«Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga nisbatan qaratilgan rezolyutsiyalarini har doim bajargan va barcha xalqaro majburiyatlarga rioya etib kelgan. Biz xitoylik kompaniyalar va fuqarolarga rezolyutsiyani buzishga hech qachon yo‘l qo‘ymaganmiz», - deya aytib o‘tdi Xitoy TIV vakili Xua Chunin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda surishtiruv davomida bu buzilishlar tasdiqlansa, Xitoy vaziyatni qonunlarga muvofiq hal qiladi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026