Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston hukumati Huawei bilan “Aqlli shahar” kelishuvini imzoladi
Qirg‘iziston hukumati Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan “Aqlli shahar” loyihasi bo‘yicha investitsiyaviy kelishuv imzoladi.
Investitsiyalarning umumiy miqdori 60 mln dollarni tashkil qiladi. Loyiha Bishkek va O‘sh shaharlarida va Bishkek-O‘sh va Bishkek-Cho‘lpon-ota, Bishkek-“Manas” aeroporti avtomobil yo‘llarida amalga oshiriladi.
Huawei barcha uskunalar va xizmatlarni Qirg‘iziston qonunchiligining ma'lumotlarni himoyalash, kiberxavfsizlik talablariga mos holga keltirishini ta'minlashi kerak.
“OAVda biz “Aqlli shahar” loyihasini cho‘zib yuborganimiz haqida ma'lumotlarni uchratish mumkin. Men doimo ushbu loyiha 2017 yilning 30 noyabridan boshlanishini aytib kelganman. Biz vaqtliroq – men bosh vazir sifatida ishlay boshlaganimning birinchi kunidan boshladik. “Aqlli shahar” loyihasi bo‘yicha hukumat qarorida uning yakunlanishi emas, amalga oshirilishi muddatlari yozilgan. Loyihani amalga oshirish 1,5 yil davom etadi”, deb aytgan Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov.
Ma'lumot uchun, Sapar Isakov 2017 yil 25 avgustidan Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimini egallab keladi.
Mavzuga oid
20:00
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026