Jahon | 21:20 / 09.02.2018
12228
2 daqiqa o‘qiladi

Eron smartfonlar sabab Olimpiada tashkilotchilariga tahdid qildi

Foto: businessinsider.com

Eron vakillari Pyongchangdagi Olimpiada tashkilotchilaridan xafa bo‘lishdi, bunga ularga Samsung Galaxy Note 8 smartfonlarini sovg‘a qilinmagani sabab bo‘ldi. Business Insider shu haqida ma'lum qildi.

Bunday smartfonlar KXDR va Eron sportchilaridan tashqari barcha olimpiyachilarga taqdim etildi, bunga ushbu ikki mamlakatga nisbatan xalqaro sanksiyalarning joriy qilingani sababdir. 

Tehronda bunday qadamni "etikaga to‘g‘ri kelmaydi" deb topishdi va Janubiy Koreya elchisini bu ishga jalb qilishdi. Bundan tashqari, ular Eron va Samsung kompaniyasi o‘rtasidagi savdo aloqalariga jiddiy xavf bilan tahdid solishdi. 

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat tashqi ishlar vaziri Javod Zarif agar Janubiy Koreya bu qilmishi uchun uzr so‘ramasa va o‘z qarorini bekor qilmasa, Eron Samsung'ning barcha mahsulotlaridan to‘liq voz kechishini ma'lum qildi. 

Oxir-oqibat Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi barcha sportchilar, shu jumladan Eron va KXDR olimpiyachilariga ham smartfon taqdim etishni joiz deb topdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid