Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada chempioni matbuot anjumaniga antiqa ko‘rinishda keldi
Tog‘ chang‘isi bo‘yicha olimpiada chempioni unvonini qo‘lga kiritgan chexiyalik Ester Ledetskaya final bahslari nihoyasiga yetgach, tashkil etilgan matbuot anjumaniga snoubord ko‘zoynagini taqqan holda tashrif buyurdi. Bu haqda XOQ rasmiy tvitterida xabar berilgan.
Buni ko‘rib ajablangan jurnalistlarning savollariga Ledetskayaning javobi ham ajabtovur bo‘ldi.
Esterning ta'kidlashicha, supergigant bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘ziga qarab olmagan va ayollarga xos tarzda pardoz-andoz qilishga ulgurmagan. Pardoz qilmagan holda esa u ommaga ko‘rinish berishni istamagandi.
Ma'lumot uchun, Ledetskaya Chexiya terma jamoasiga musobaqadagi dastlabki oltin medalni taqdim etdi.
Mavzuga oid
19:47 / 08.02.2026
Olimpiada chempioni Lindsi Vonn balandlikdan tushishda yiqildi
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:30 / 16.03.2018
Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor
22:25 / 09.03.2018