Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Rossiyalik olimpiadachilar uchun 140ta BMW tayyor
26 fevral kuni rossiyalik sportchilar Janubiy Koreyadan qaytishdi. 28 fevral kuni olimpiyachilar Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.
Rossiya Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash fondi an'anaviy tarzda Olimpiada sovrindorlarini muntazam ravishda taqdirlab keladi. Bu safar ham sportchilar uchun X4, X5 va X6 rusumli BMW avtomobillari tayyorlab qo‘yilgan.
Ayni vaqtda Kreml qarshisidagi Qizil maydonga 140ta BMW keltirilgan. Avtomobillarga sportchilarning ismi sharifi tushirilgan.
2016 yil yozida o‘tkazilgan Rio Olimpiadasidan keyin oltin medal egalariga BMW X6, kumush medal sohiblariga — BMW X5, bronza uchun — BMW X3 berilgandi. Sochidagi Olimpiada-2014 sovrindorlari Mercedes GL, ML va GLK modellari bilan taqdirlangandi.
Pyongchangda bo‘lib o‘tgan qishki olimpiada o‘yinlarida Rossiyadan 169 nafar atlet ishtirok etdi. Jamoa turnirda jami 17 medal - 2 oltin (figurali uchish va hokkey), 6 kumush va 9 bronza olib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.
Avtomobillardan tashqari, Rossiya hukumati sovrindorlarni ham pul mukofotlari bilan taqdirlaydi. Oltin medal uchun 4 million rubl, kumush uchun 2,5 million rubl, bronza uchun esa 1,7 million rubl berish ko‘zda tutilgan.


Mavzuga oid
19:47 / 08.02.2026
Olimpiada chempioni Lindsi Vonn balandlikdan tushishda yiqildi
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:42 / 22.08.2018
2018 yilgi qishki Olimpiada bo‘lmasligi ham mumkin edi – XOQ
20:30 / 16.03.2018