Ashraf G‘ani: Afg‘oniston Markaziy Osiyoning bir qismiga aylandi
Afg‘oniston Markaziy Osiyoning besh respublikasi davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan ushbu mintaqaning bir qismiga aylandi. Afg‘oniston davlat rahbari Ashraf G‘ani Toshkent konferensiyasida qilgan mma'ruzasida shunday bayonot berdi.
“Biz Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining harakatlari va siyosiy irodasi tufayli ushbu mintaqaning ajralmas bir qismiga aylanayotganimizdan xursandmiz. Aynan Afg‘oniston orqali g‘arbga, sharqqa va janubga eng qisqa yo‘l o‘tadi. Afg‘oniston orqali Hind okeaniga qisqa yo‘l bilan chiqish mumkin. Markaziy Osiyo mamlakatlari tabiiy zaxiralarga boy bo‘lsa, Janubiy Osiyo ayni xom-ashyoga muhtojdir. Afg‘oniston esa, bu borada ko‘prik bo‘lish imkoniga ega”, - dedi Afg‘oniston yetakchisi.
“Aholimizning 71 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan kishilarni tashkil etadi. Shu boisdan mehnatga layoqatli aholi borasida ham katta salohiyatga egamiz. Shunga ko‘ra, biz mintaqaviy hamkorlik va sheriklikni qo‘llab-quvvatlaymiz. Mintaqadagi ijtimoiy muammolar faqatgina shu mintaqaga xos emas, balki global ahamiyatga ega. Chunki bu muammolar chegara bilmaydi”, - deya ta'kidladi Ashraf G‘ani.
Afg‘oniston yetakchisining fikricha, ushbu davlat muammolariga global miqyosda e'tibor berilmas ekan, tinchlikka erishib bo‘lmaydi.
“Afg‘oniston muammolariga xalqaro miqyosda e'tibor bermasak, biz bu yerda tinchlikka erisha olmaymiz. Afsuski, hozircha mazkur muammoga barham berish borasida mintaqaviy va xalqaro yechim mavjud emas. Bundan tashqari, ayrim davlatlar va tashkilotlarning terrorizmga qarshi kurash va Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasida bir to‘xtamga kela olmayotganini ham qayd etish kerak”, - deb ta'kidladi Muhammad Ashraf G‘ani Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024