Jahon | 15:42 / 05.04.2018
26870
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada 20 million dollarlik avtomobil raqami sotuvga qo‘yildi

Foto kahndesign.com

Britaniyaning Kahn Design tyuning-atelesi rahbari Afzal Kan «F1» avtomobil raqamini 14,4 million funt sterling (20 million dollarga yaqin)ga sotuvga qo‘ydi. Sotuv haqidagi e'lon RegTransfers saytiga joylangan.

Kan bu raqamni 2008 yilda 440 ming funt sterlingga xarid qilgan. O‘shanda raqam Esseks graflik kengashiga tegishli bo‘lgan va uning raisi boshqaradigan Volvo S80 mashinasiga o‘rnatilgan bo‘lgan. «F1» raqami Buyuk Britaniyada 109 yildan buyon qo‘llaniladi - aynan o‘shanda shunday raqamli ilk avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Hozir Kan «F1» raqamini Bugatti Veyron Super Sport Carbon Edition giperkariga o‘rnatgan. 2014 yilda ishbilarmon bu raqamni 8,5 million funtga sotish taklifini rad etgan edi. 

Bugungi kunda Buyuk Britaniya rekordi «25 O» davlat raqamiga tegishli - bu raqamni 2014 yilda 518 480 funt sterlingga sotib olishgan. U Ferrari 250 GT SWB klassik sportkariga o‘rnatilgan.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid