O‘zbekiston | 21:40 / 06.04.2018
70772
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim avtomobillarning​ «Qamchiq» dovoni​dan o‘tishi taqiqlanadi

Foto: KUN.UZ

«Qamchiq» dovoni orqali yuk avtomobil mashinalarining harakatlanishi va yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish, shuningdek, so‘nggi paytda avtoparklar yangi rusumli yuk tashish avtomobillari bilan to‘ldirilganini inobatga olib, ishlab chiqarilganiga 20 yil to‘lgan yuk tashish va tirkovichli avtomobillar dovondan o‘tishi taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida shunday deyiladi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolangan qarorda «Qamchiq» dovonidan ishlab chiqarilganiga 20 yil to‘lgan yuk tashish va tirkovichli avtomobillarning o‘tishi taqiqlangani bildirilgan.

Qarorda ta'kidlanishicha, vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 1 oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi nazarda tutilmoqda.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid