O‘zbekiston | 17:10 / 06.04.2018
13139
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning qurilish ishlari bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 sentabrdagi qaroriga muvofiq Toshkentda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab barpo etilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari ushbu maktabning qurilish ishlari bilan tanishgan.

O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, iste'dodli yoshlarni izlab topish va ularni izchil qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid