Jahon | 11:13 / 09.04.2018
13414
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Suriyadagi aviabazaga berilgan zarbani izohlashdan bosh tortdi

Foto: Reuters

Isroil harbiy mahkamasi Suriyaning Xoms viloyatidagi T-4 aviabazasiga berilgan raketa zarbasi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Biz bunga izoh bermaymiz», - deya ma'lum qilgan agentlikka mahkama matbuot xizmati vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya sharqidagi Xoms viloyatida joylashgan T-4 aviabazasi raketalar hujumiga uchragani xabar berilgandi. Suriya armiyasining Havo hujumidan mudofaa kuchlari avibazaga yo‘l olgan raketalarni o‘qqa tutgan. Al-Mayodin telekanali xabariga ko‘ra, Suriya harbiy obektiga hujum qilgan raketalar Livan hududi orqali O‘rta Yer dengizidan uchib kelgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid