Jahon | 20:21 / 09.04.2018
4407
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni ilk bor Kann kinofestivalida ishtirok etadi

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni ilk bor Kann kinofestivalida ishtirok etib, unda bir necha qisqa metrajli filmlar taqdim qiladi hamda milliy opera va orkestrini yaratishda Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Parisien nashri xabar bermoqda
 
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning Fransiyaga tashrifi davomida Fransiya va Saudiya Arabistoni madaniyat vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni madaniyat vaziri Avad bin Saloh al-Avad Kann kinofestivalida ishtirok etish bo‘yicha Fransiya madaniyat vaziri Fransuaza Nissen bilan kelishuvga erishilganidan mamnuniyat bildirgan. 

Nissen Fransiya Saudiya Arabistoniga o‘z orkestri va operasini yaratishda ko‘mak ko‘rsatishini aytgan. Saudiya Arabistonidagi ilk opera teatri Jiddada barpo etiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid