Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston MDHning geologiya-qidiruv bo‘yicha kelishuvga qo‘shiladi
O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining mineral-xomashyo resurslaridan foydalanish, razvedka va tadqiqot ishlari bo‘yicha kelishuviga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston prezidentining «Xalqaro kelishuvga qo‘shilish haqida»gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilingan.
MDHning bunday kelishuvi 1997 yilning 27 martida Moskvadagi hukumat rahbarlari sammitida imzolangandi.
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun tegishli davlat organi sifatida ko‘rsatilgan.