Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligida respublika yuridik xizmat xodimlari bilan seminar bo‘lib o‘tdi
Adliya vazirligining tashabbusi bilan yuridik xizmat xodimlari bilan amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Ushbu seminarda yuridik xizmat xodimlariga navbatdagi martaba darajalari tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, yuridik xizmat kasbiga yosh huquqshunoslarni jalb qilish va ularni qiziqtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari ham ushbu seminarga taklif etildi.
Bundan tashqari, seminarda yuridik xizmat sohasini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda ijro etish bo‘yicha vazirlik tomonidan bajarilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Jumladan, bugungi kunda, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida 5 100 ta shtat birliklari mavjud bo‘lib, shundan
1750 ta yuridik xizmat shtat birliklari yangi tashkil etildi.
Yangi joriy etilgan talablardan yana biri, yuridik xizmat xodimini adliya organlari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanishi va undan ozod etilishi, sohaga malakali kadrlarni tanlash hamda ularni ishonchli himoya qilish imkonini bermoqda.
Xususan, adliya organlari bilan kelishgan holda 1710 nafar malakali yuridik xizmat xodimlari lavozimlarga tayinlandi.
Adliya vazirligi tomonidan yuridik xizmat lavozimiga birinchi marta tayinlangan yosh kadrlar bilan ishlashga ham alohida e'tibor qaratilib, ularni kelajakda mukammal, yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashilmoqda. Xususan, 350 nafar yosh xodimlar adliya organlarida stajirovkadan o‘tkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlarida ko‘rsatilayotgan yuridik xizmat faoliyatini sifatiga ham alohida urg‘u berilib, yangi tartib bo‘yicha endi har uch yilda xodimlar malakasini oshirishi va attestatsiyadan o‘tishlari majbur etib belgilandi.
Bu borada Adliya vazirligi tomonidan yuridik xizmat xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha har bir hududda sayyor o‘qishlar tashkil etildi. Avval hududiy davlat organlari v tashkilotlarida xizmat qilayotgan yuridik xizmat xodimlari 300-1100 km yo‘l bosib, Toshkent shahrida malakasini oshirishgan. Endi bo‘lsa, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-o‘qituvchilaridan iborat guruhlar tomonidan viloyatlarda sayyor o‘qish tashkil etilib, natijada davlat organlari va tashkilotlarining 1165 nafar yuridik xizmat xodimlarini malakasini oshirishga va 750 nafarini attestatsiyadan o‘tkazilishiga erishildi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta'minoti darajasini oshirish va sohaga amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilish maqsadida yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish tartibi, uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustamalar to‘lanishi hamda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan har chorakda mukofotlash tizimi joriy etildi.
750 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berilib, ularga 15 dan 18 foizgacha hamda ko‘p yillik xizmati uchun 5 dan 30 foizgacha miqdorda ustama haq to‘lanmoqda.
Shu bilan birga, yuridik xizmat ishini to‘liq va samarali tashkil etish uchun xodimning ish joyini jihozlashga doir minimal talablar belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu talablarga rioya etilayotganlik holatlari doimiy nazoratga olinib, 1635 nafar yuridik xizmat xodimlariga ishlash uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilganidan so‘ng, ularga xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli sharoitlar yaratib berildi.
Endilikda, yuridik xizmatdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlardan internet orqali erkin foydalanish imkoniyati yaratildi. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarida ishlayotgan 4 000 nafar xodimlarning ma'lumotlar bazasi ham shakllantirildi.
Seminarda vazirlikning Qonunchilik bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan yuridik xizmat xodimlari yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklar ko‘rsatib berildi. Huquq ijodkorligi jarayonida e'tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, idoraviy norma ijodkorligi sohasida yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar uchun 2017 yilning noyabr oyidan bugungi kunga qadar vazirlik va idoralarning 11 mansabdor shaxsiga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga materiallar yuborildi. Kelgusida bunday choralardan tegishli xulosa qilmagan idoralarning rahbarlariga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo‘llanishi haqida ogohlantirildi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi
17:10 / 27.04.2026