Jahon | 08:15 / 10.04.2018
10088
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanganiga javob qaytarishga va'da berdi

Foto: Rainier Ehrhardt/AP

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining ma'lum qilishicha, mamlakat Suriyada ro‘y bergan kimyoviy hujumga javoban tegishli choralarni ko‘radi. Bu BMT Xavfsizlik kengashi tinch aholi vakillarini himoya qila olmasa, ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Biz dunyo adolatga erishilganini ko‘rishi kerak bo‘lgan paytga yetib keldik. Ushbu holatda BMT Xavfsizlik kengashi yoki o‘z majburiyatlarini bajaradi, yoki Suriyada odamlarni himoya qilishga qodir emasligini ko‘rsatib beradi. Nima bo‘lgan taqdirda ham AQSh javob qaytaradi», - deya aytib o‘tdi Heyli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Suriyaning Dumasida ro‘y bergan kimyoviy hujumni, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning bu hodisaga bo‘lgan munosabatini muhokama qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid