O‘zbekiston | 18:52 / 11.04.2018
3828
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari Bangladesh tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Foto: TIV axborot xizmati

2018 yilning 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda bo‘lib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Shahriyor Alam boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq tarkibida biznes vakillari bo‘lgan Bangladesh delegatsiyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilgan ikki davlat ishbilarmon doiralari seminarida ishtirok etdi, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida muzokaralar o‘tkazdi va Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘ldi.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralarda Bangladesh elchisi Mosud Mannan ishtirok etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid