Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslarga ham taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi "Huquqiy axborot" kanalida ma'lumot berilgan.
Mazkur farmon litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ulardan o‘tishning soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilashga qaratilgan. Unda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini rasmiylashtirish yondashuvlari va tamoyillari tubdan qayta ko‘rib chiqilgan.
Unga ko‘ra, 2018 yil 1 iyundan:
- telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish, baholash, veterinariya va turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda;
- rieltorlik tashkilotlari uchun ustav kapitalining majburiy miqdoriga nisbatan qo‘yiladigan lisenzion talablar bekor qilinmoqda, oldindan to‘lov olmagan holda rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati berilmoqda;
- yengil avtomobilga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor shaklida yo‘nalishli taksi sifatida yo‘lovchilarni tijorat asosida tashish huquqi berilmoqda;
- ko‘chma savdoni amalga oshirishga ruxsatnoma yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham, ruxsatnoma amal qilish muddatini o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga berish huquqi berilmoqda, bitta ruxsatnoma bilan bir nechta joyda ko‘chma savdoni amalga oshirishga ruxsat berilmoqda.
Shu bilan birga Farmonda litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, litsenziya da'vogariga ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi berilishi belgilangan.
Mavzuga oid
10:00 / 13.04.2026
Oliy ta’limda milliy tadqiqot universitetlari tashkil etiladi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
10:05 / 01.04.2026