Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyundan rieltorlik faoliyatiga litsenziya berishda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
2018 yilning 1 iyunidan rieltorlik faoliyatiga litsenziya berish tartibida qator o‘zgarishlar yuz beradi. Bu prezidentning "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Xususan, endilikda rieltorlik faoliyatiga litsenziya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan beriladi.
Bundan tashqari, ariza beruvchi tomonidan taqdim etiluvchi xizmatlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha tasdiqlangan ichki qoidalar va litsenziya beruvchi organ tomonidan tasdiqlangan namunali qoidalar nusxalarini taqdim etish borasidagi talabini bekor qilish hisobidan taqdim etiluvchi hujjatlar soni qisqartiriladi.
Rieltorlik tashkilotlari uchun ustav kapitali majburiy hajmi qismida litsenziya talablari, rieltorlik tashkilotining rieltorlik xizmatlari buyurtmachisi oldidagi fuqarolik majburiyatini rieltorlik tashkilotlari uchun majburiy ustav kapitali summasidan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy sug‘urtalash talabini joriy etish bilan bekor qilinadi.
Rieltorlik tashkilotlari xodimlarining malaka oshirish davomiyligi 1 yildan 3 yilga oshiriladi.
Rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida dastlabki to‘lovsiz ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, ko‘chmas mulk obektlari va ularga huquq savdosini real vaqt rejimida o‘tkazish bo‘yicha elektron savdo maydonchasi ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Rieltorlarning davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan elektron hamkorligini amalga oshirishga imkon beruvchi onlayn platforma yaratiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025