O‘zbekiston | 11:44 / 12.04.2018
12215
2 daqiqa o‘qiladi

Pirotexnika vositalari bo‘yicha litsenziya berish tartibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi

Foto: iStock

2018 yil 1 iyundan Ichki ishlar vazirligi tomonidan pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish, olib o‘tish, saqlash, realizatsiya qilish, foydalanish, yo‘q qilish va utillashtirish (harbiy maqsaddagi mahsulotdan tashqari) bo‘yicha litsenziya berish tartibida qator o‘zgarishlar yuz beradi.

Ariza beruvchi tomonidan quyidagilarni taqdim etish talabini bekor qilish hisobidan taqdim etiluvchi hujjatlar soni qisqartiriladi:

yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

xodimlar shtatida ruhiy kasalliklar, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha dispanser ro‘yxatida turadigan, shuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uchun bekor qilinmagan sudlanganlikka ega shaxslar, jinoiy jazoni o‘tayotganlar, jamoat tartibini ta'minlash sohasida huquqbuzarlik sodir etgani uchun bir yil davomida ma'muriy javobgarlikka takroran tortilgan shaxslar yo‘qligi haqidagi ma'lumotnoma, tegishli tibbiyot muassasalari va ichki ishlar hududiy organlaridan ma'lumotnomani ilova qilgan holda;

«Sanoatgeokontexnazorat» mintaqaviy kontexnik inspeksiyalari va hududiy ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazaga muvofiqlik, rejim-qo‘riqlash bo‘yicha amalga oshirilgan choralar, hisobotni tashkil etish, texnologik jarayonlar, texnologik uskunalar holati va xodimlarning belgilangan talablarga tayyorgarlik darajasi bo‘yicha xulosasi;

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati hududiy organlarining yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha moddiy-texnik bazaga muvofiqlik, rejim-qo‘riqlash bo‘yicha amalga oshirilgan choralar, hisobotni tashkil etish, texnologik jarayonlar, texnologik uskunalar holati va xodimlarning belgilangan talablarga tayyorgarlik darajasi bo‘yicha xulosasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid