O‘zbekiston | 16:08 / 12.04.2018
29111
2 daqiqa o‘qiladi

Reportaj: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mashg‘ulotlarda

Foto: Kun.uz

Keyingi yillarda davlatning mudofaa masalasi muhim siyosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Chunki, armiya xalqning, davlatning muhim qalqoni, tayanchi hisoblanadi.

Hech kimga sir emaski, barcha sohalarda qilinayotgan islohotlar mudofaa sohasida ham izchillikda, shiddat bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Qurolli kuchlari safida xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va askarlarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini muntazam oshirib borish bugungi mudofaa siyosatida belgilab qo‘yilgan maqsadlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi jangovar tayyorgarligini takomillashtirib borishi shaylik holatida turishi lozim.

Mana shunday vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Qurolli kuchlar akademiyasi bitiruvchi bosqich kursantlari mavjud bo‘lgan qurollardan otish mashqini bajarishdi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, O‘quv reja asosida kursantlar kundalik faoliyatda shug‘ullangan qurollardan otish tayyorgarligining amaliy mashg‘ulotlarini o‘quv reja asosida o‘tkazishdi.

Kursantlar belgilangan nishonlarga qarata OSV-96 (o‘zi o‘qlanadigan katta kalibrli merganlik miltig‘i), 6G30 (granatomyot), PKM(Pulemyot Kalashnikov), PM (pistolet Makarov), RPG-7 (tankka qarshi qo‘l granatamyoti) va BMP-2 (gusenitsali piyodalar jangovar mashina) kabi texnikalardan o‘t otishdi.

Dala o‘quv mashg‘uloti mutaxassisining ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda olib borilayotgan mudofaa islohotlari natijasida kursantlarga mana shunday amaliy o‘quv mashg‘ulotlari soni keskin oshirilgan. Maqsad bitta - harbiylarning nazariy bilimlarini amaliy mashqlar orqali doimiy ravishda mustahkamlab borish.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid