Jahon | 09:01 / 13.04.2018
8043
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya bo‘yicha ochiq yig‘ilishi bugun o‘tkaziladi

Foto: Adrees Latif/Reuters

BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ochiq yig‘ilishi juma kuni, soat 10:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00)da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA «Novosti» Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasiga asosan xabar bermoqda.

«O‘n uchinchi aprel kuni BMT Xavfsizlik Kengashining Rossiya tomonidan so‘ralgan ochiq yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Uning mavzusi – «Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid: Yaqin Sharqdagi holat». Ertalabki soat 10da», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya bo‘yicha bir qarorga kela olishmagani xabar berilgandi. Rossiya va AQSh seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilishini surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihalarini kiritdi. Ularning har ikkisi ham ma'qullanmadi.

Hammasi bo‘lib uchta hujjat taqdim etilgandi. Ular Suriyaning Dumasida kimyoviy moddalardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan hujumga o‘ziga xos javob bo‘lishi kerak edi. Ma'lumot manbasiga qator internet nashrlar va Qatarning “Al-Jazira” telekanali tomonidan tarqatilgan videoyozuvlar aylandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid