Sport | 22:16 / 06.05.2018
3181
1 daqiqa o‘qiladi

Vadim Afonin «Orenburg» bilan Premer-ligaga qaytdi

Foto: FK Orenburg

Rossiya 1-divizionida (Futbol Milliy Ligasi) 37-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Orenburg» safarda «Avangard» bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan biriga hamyurtimiz Vadim Afonin mualliflik qildi. «Krilya Sovetov» klubi o‘z maydonida «Kuban»ni 1:0 hisobida yengdi. «Yenisey» safarda «Shinnik» (2:2) bilan durang o‘ynadi.

Natijada, musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganida «Orenburg» va «Krilya Sovetov» klublari Premer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ularning hisobida mos ravishda 83 va 82 ochko bor.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Yenisey» va «Tambov» klublari o‘tish turnirida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Orenburg» o‘tgan mavsumda Premer-ligani tark etgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid