Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasi buziladi
“Toshkent siti” obektidagi qurilish avjida. Ayni damda O‘qchi mahallasidan yangi uyga ko‘chirilmagan 20ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi so‘nggi kunlarida gaz ta'minotidan uzib qo‘yilgan edi, ammo, suv va elektr bor, deb yozmoqda O‘zA.
«Odamlar arz qilishni biladi, lekin mana vaziyatni ko‘ring, qanday qilib gaz ta'minotini saqlab qolish mumkin. Aholini Yashnobod va Olmazor tumanidagi uylarga ko‘chirib kelyapmiz. Iloji boricha ana shu odamlar ko‘ngliga qarashga intilyapmiz. Lekin shunga qaramasdan ular orasida norozi bo‘layotganlari ham yo‘q emas», degan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, «Ezidyor» to‘yxonasi ham buziladi. Uning atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda. Ushbu obektlardagi tadbirkorlar o‘zlariga boshqa yer tanlab ulgurmaganlar. Tuman rahbari tadbirkorlarga boshqa hududlardan joy ko‘rsatilganini aytgan.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026