Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diabetga chalingan onalarda bolalarning autizm bilan tug‘ilish xavfi yuqori bo‘ladi
Kaliforniyalik pediatr va neonatologlar homilador ayollarda diabetning uch turidan biri bo‘lgan taqdirda bolaning autistik tizimi buzilish xavfi oshishiga doir xulosaga kelishdi. Yarim millionga yaqin homilador ayollar ma'lumotlariga asoslangan natijalar Journal of American Medical Association (JAMA)da chop etildi.
Tadqiqotda 1995-2012 yillar oralig‘ida 28 haftadan 44 haftagacha bo‘lgan muddatda dunyoga kelgan 416 425 bola qamrab olindi. Olimlar jarayonga aralashmay, shunchaki kuzatgan observatsion tadqiqot quyidagilarga asoslangan: mualliflar dastlab homiladorlikning 26-haftasida qandli diabetning biror turi (birinchi turdagi, ikkinchi turdagi va gestatsion diabet) mavjudligini aniqlashgan, so‘ngra ilk yetti yilda bolalarning ahvolini kuzatishgan.
Natijalar raqamlarda quyidagicha ko‘rinish olgan: birinchi turdagi diabet - 621 holat, ikkinchi turdagi diabet - 9 453 holat, gestatsion diabet - 11 922 holat. Shu bilan birga, 24 505 onada diabetning so‘nggi turi keyinroq rivojlangan.
5 827 bolada autistik spektrdagi turli buzilishlar qayd etilgan. Ma'lum bo‘lishicha, birinchi turdagi diabetga chalingan onadan tug‘ilgan har 1000 boladan - 4.4 nafari, ikkinchi turdagi diabetga chalingan har 1000 onadan tug‘ilgan 3.6 nafar bola hamda gestatsion diabetga yo‘liqqan onadan dunyoga kelgan har 1000 bolaning 2.9 nafari autizm bilan kasallangan. Shuningdek kech gestatsion diabet holatida (homiladorlikning 26 haftasidan keyin) - 2.1 bolada, diabetsiz esa atigi 1.8 nafar bolada autizm kasalligi qayd etilgan. Mualliflar ushbu fenomenga izoh berishmagan, lekin mazkur tadqiqot diabetga chalingan onalarga yanada ko‘proq e'tibor qaratishga chorlaydi.
Mavzuga oid
23:31 / 24.09.2025
Tramp homiladorlikda paratsetamolning autizm bilan bog‘liqligini aytdi, JSST buni rad qildi
15:18 / 23.09.2025
Iflos havo - homilador ayollar uchun ko‘rinmas tahdid: Toshkentdagi real xavf haqida sukut saqlanyapti
12:11 / 23.08.2025
AQSh olimlari autizmni davolash uchun yangi dorini kashf etdi
17:30 / 07.01.2025